Moskva–Tailand samolyoti O‘zbekistondan qaytib ketdi

Moskvadan Pxuket (Tailand)ga uchgan samolyot O‘zbekiston osmoniga kelib ortiga qaytdi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaygani (ayni paytda tomonlar raketa va havo kuchlari orqali bir-biriga zarbalar bermoqda) bunga sabab bo‘ldi. Pokiston o‘z havo kengliklarini 48 soatga yopgan.
Dronlar tahdidi tufayli Moskva atrofida «Gilam» tartibi joriy etilgani bois, qaytgan samolyot Sheremetevo aeroportiga ham qo‘na olmadi.
«Aeroflot» samolyoti boshqa aeroportga qo‘nadimi yoki «Gilam» tartibi bekor qilinishini kutib parvozda davom etadimi, hozircha noma’lum.
Shuningdek, Moskva–Dehli yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter