Mudofaa vazirligi raketa hujumi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga uchinchi marta raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Mazkur mazmunda tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on bo‘lib, mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazorat qilingan, vaziyat barqaror.
«Fuqarolarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz», qo‘shimcha qiladi vazirlik.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgandi.
Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olingani haqida ham xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter