Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik qiz xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik qiz xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining buxgalteriya hisobi va audit fakulteti, 3-bosqich talabasi Buranova Jazira Ergash qizi Rossiya federatsiyasi Yekaterinburg shahrida Yevroosiyo iqtisodiy yoshlar forumi doirasida bo‘lib o‘tgan buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro olimpidada faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari u matematika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada ham faxrli  3-o‘rinni egallagan.

Jazira Buranovaning mazkur olimpiadadagi a’lo darajadagi ishtiroki tufayli Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Yakov Silin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Hodiyev nomiga alohida tashakkurnoma yo‘lladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring