O‘zbekistonning olti shahrida yer silkinishi sezildi

Bugun, 13-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan 10:42 da (13.04.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 05:42 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 191 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 523 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Andijon: 474 km, 2 ball.
- Farg‘ona: 419 km, 2 ball.
- Guliston: 453 km, 2 ball.
- Jizzax: 455 km, 2 ball.
- Samarqand: 464 km, 2 ball.
- Termiz: 312 km, 2 ball.
Avvalroq Afg‘onistondagi zilzila Termizda sezilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter