Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zini DSI xodimi deb tanishtirgan firibgar 10 000 AQSh dollari olayotganda ushlandi

O‘zini DSI xodimi deb tanishtirgan firibgar 10 000 AQSh dollari olayotganda ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon tuman bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaroga o‘zini DSI xodimi deb tanishtirgan Sh.U, boshqa bir shaxsning issiqxona uchun ajratilgan 0,20 ga yer maydoninining bir qismini tuman hokimligi va «Yer tuzish va ko‘chmas mulk» kadastri filialidagi tanishlari orqali turar joy sifatida rasmiylashtirib berishga ishontirib, evaziga undan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring