Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura departamenti dollarchilarga qarshi «ov» o‘tkazdi

Prokuratura departamenti dollarchilarga qarshi «ov» o‘tkazdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Sh. fuqaro A.I.ga jami 8 000 AQSh dollarini 90,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.X. fuqaro I.K.ga 3 100 AQSh dollarini 34,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring