Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura departamenti va DXX ikki kishini qo‘lga oldi

Prokuratura departamenti va DXX ikki kishini qo‘lga oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan  DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro Z.A. boshqa bir fuqaro Sh.ni tanishlari orqali Qirg‘iziston Respublikasining Farmatsevtika oliygohiga o‘qishga kiritib qo‘yish va keyinchalik o‘qishini Toshkent farmatsevtika institutiga ko‘chirib berish evaziga undan 3 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. fuqaro Yu.ni 2 000 AQSh dollari evaziga O‘zbekiston temir yo‘llari texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring