Qoraqalpog‘istonda ona o‘zining yosh qizchalarini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Joriy yilning 29-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizada aytilishicha, 2021yil iyul oylaridan boshlab turmush o‘rtog‘i bo‘lgan X.F. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sababli, X.F. o‘zining ikki nafar voyaga yetmagan qizlarini urib, ularga azob berib kelayotganligini, shu sababli X.F.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berishni so‘ragan, deyiladi IIV matbuot kotibi xabarida.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qizlarning otasi ularni tashlab ketgan. Shu sababli ular hech kimga keragi yo‘qligi, so‘yib tashlasa ham, birov so‘rab kelmasligi ta’kidlanadi.
Shu bilan birga, joriy yilning 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda, fuqaro X.F. tomonidan o‘zining voyaga yetmagan farzandlari 2017 y.t. X.Sh.ni hamda 2019 y.t. X.A.ni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, ularning ojiz ahvoldaligini bila turib, do‘pposlayotganligi tasvirlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi X.F.ga nisbatan protsessual cheklov chora belgilash masalasi ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter