Qumqo‘rg‘ondagi suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi

Shu yilning 17-dekabr kuni kechga yaqin Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘jamulki mahallasi hududidagi «Janubiy-Surxon» suv ombori qirg‘og‘idan voyaga yetmagan shaxs jasadi topildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida marhum shu mahallada yashovchi O‘.B. (2006-y.t., o‘quvchi) ekani aniqlandi. Shuningdek, uning umriga tanishi — voyaga yetmagan Sh.A. (2006-y.t., o‘quvchi) zomin bo‘lgani ham fosh etildi.
Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi (Qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘z navbatida Sh.A. tegishli tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter