Senat a’zosi Topiboldi hoji Xoldorov vafot etdi

Bugun, 22-avgust kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi hoji Xoldorov surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Topiboldi Xoldorov Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan edi.
Topiboldi Xoldorov 1942-yil 1-fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.
Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter