Termizdagi transformatorlardan biri yonib ketdi

28-iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahar «Tuproqqo‘rg‘on» MFYda joylashgan elektr podstansiya hududidagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘inni to‘liq o‘chirilgan.
Hodisada jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter