Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 13 yoshli bola sho‘xligi uchun ukasini sotuvga qo‘yib yubordi

Toshkentda 13 yoshli bola sho‘xligi uchun ukasini sotuvga qo‘yib yubordi

Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bolaning sotuvga qo‘yib yuborilgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani tez fursatda aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan I.A. (2012-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasi A.M. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga (o‘zi ochgan akkauntdan) sotuvga qo‘yib yuborgan va sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.

Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring