Toshkentda 8 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

2021-yil 12-dekabr kuni taxminan soat 15:00 da Chilonzor tumani Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi «Isuzu» rusumli avtobus haydovchisi hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra boshqaruvni bajara olmasdan bir nechta avtomobillar: «Labo», «Spark», «Nexia-3», «Matiz», «Matiz», «Lacetti» va «Nexia-2» avtomobillarning to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida avtobus yo‘lovchisi va «Labo» haydovchisiga badan shikastlari yetgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter