Toshkentda shifokor murakkab vaziyatda o‘zini ko‘rsatdi
Qibray tumanining Chinobod ko‘chasidan avtomashinaga chiqqan homilador ayolda kutilmaganda to‘lg‘oq boshlanadi. Unga hamroh bo‘lgan qaynonasi uzoqdan tibbiyot muassasasi binosiga ko‘zi tushib, taksi haydovchisiga o‘sha yerga olib borishini aytgan.
Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Ulug‘bek shaharchasi 1-son poliklinikasi hududiga «Matiz» rusumli avtomashinada olib kelingan homilador ayolga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishildi.
Poliklinika mudirasi Hilola Jamilova avtomobilning o‘zida ayolga doyalik qilishga kirishgan.
Mutaxassisligi akusher-ginekolog bo‘lgan mudira va uning jamoasi sa’y-harakati va qat’iyati sababli tug‘uruq muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Shundan so‘ng ona va bola sog‘lom holda poliklinikaga eng yaqin hisoblangan Qibray tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘uruq kompleksiga mutaxassis hamrohligida olib borilgan.
Hozir ona-bolaning ahvoli yaxshi, ular salomatligi tug‘uruq kompleksi shifokorlari nazorati ostida, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter