Toshkentdagi ko‘p kvartirali uyda yong‘in sodir bo‘ldi

FVV bugun Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 18-iyul kuni soat 14:41 da Yakkasaroy tumani «Boshliq» MFY Qushbegi ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruvchilar soat 14:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:59 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb qilingan.
Yong‘in natijasida xonadonning 10 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar tufayli yong‘indan uyning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter