Toshkent markaziy ko‘chalarida «dollar maydalayotganlar» qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.G., G.N. va boshqalar jami 4 200 AQSh dollarini fuqaro M.A.ga 48 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 13,2 mln so‘m, 35 AQSh dollari va 20 ming Qozoq tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter