Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ommaviy YTH sodir bo‘ldi (foto)

Germaniyada ommaviy YTH sodir bo‘ldi (foto)

Foto: «Global Look Press»

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal hududida 10 avtomobilning o‘zaro to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda Xaylbronn politsiyasi xabar bergan. Transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Hodisa Axorn kommunasi va Boksberg shahri o‘rtasidagi A81-shasseda sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida bir necha kishi jiddiy jarohat olgan. Ularning barchasi qutqaruv xizmati vertolyoti yordamida shifoxonaga yetkazilgan.

Foto: «Bild»
Foto: «Bild»
Foto: «Bild»

Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga 100 nafarga yaqin politsiya va yong‘in xavfsizligi brigadasi yetib kelgan. Qutqaruv ishlarida jami to‘rtta vertolyot jalb qilindi.

YTH sabablari hali aniq emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring