Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda firibgar jinoyat ustida ushlandi

Buxoroda firibgar jinoyat ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi, DXX hamda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.S. boshqa bir fuqaro S.ga vakolatli tanishlari orqali Buxoro shahrida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy  Telegram-kanalida xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring