Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 17 yoshli o‘smir fotosuratlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik qildi

Buxoroda 17 yoshli o‘smir fotosuratlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik qildi

Buxoro shahrida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T.R. 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli G.Yu. bilan o‘zaro gaplashib yurgan. U B.P.ning fotosuratlarini uyali aloqa vositalariga yuklab olib, ushbu fotosuratni internet tarmoqlarida tarqatib, oshkor qilish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilgan va fotosuratlarni oshkor qilmaslik evaziga 2.850 AQSh dollari hamda turli xildagi tilla-taqinchoqlarni berishga majbur qiladigan sharoitga solib, G.Yu.ning mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 mart kuni Buxoro shahri 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan T.R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a,v» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, T.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. (Matnda ko‘rsatilgan ismlar o‘zgartirilgan).

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring