Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘n ming dollar evaziga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilgan jinoiy guruh pora bilan qo‘lga olindi

Buxoroda o‘n ming dollar evaziga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilgan jinoiy guruh pora bilan qo‘lga olindi

Foto: «Bailmanbailbonds.net»

Buxoroda o‘n ming dollar evaziga 4 nafar qarindosh fuqarolarni nomdor kompaniyaga ishga joylashtirishni va’da qilgan bir guruh shaxslar pora ustida ushlandi. Bu haqda «Xabar»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Holatga ko‘ra, Vobkent tumanidagi «Kulonchi» mahallasida yashovchi 38 yoshli G‘.S. 56 yoshli jinoiy sherigi M.X. bilan hech qayerda ishlamay, daromad topish rejasini tuzishgan. Puxta o‘ylangan «reja»lari asosida o‘zlariga tanish bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, S.M.ning 4 nafar qarindoshini «Enter engineering» kompaniyasining «Uz JTL» tarmog‘ida mansabdor tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilishgan. S.M.dan har bir qarindoshi uchun 2500 dollaridan, jami 10000 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishga dalolat qilgan. Oradan vaqt o‘tishiga qaramay, qarindoshlarini ishga joylashishi masalasi muammolarga sabab bo‘layotgan S.M. avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan ikki shaxsning hatti-harakatlaridan shubhalangan. Va bu haqida viloyat IIBga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Zudlik bilan Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. G‘.S. hamda M.X. kelishilgan pullardan 90 000 000 so‘mini Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Holat tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.S. va M.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi «b» bandi va 28-modda (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring