Davlatga 1 milliard so‘mlik zarar yetkazgan gaz quyish shoxobchasi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Pastdarg‘om tumani «Jahongir NDN» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini (AGTKSh) tumanning «Nayman», «Charxin» MFYlari, Samarqand tumanining «Gulobod», «Gazchilar» va «Yangiobod» MFYlari hamda Samarqand shahri «Kimyogarlar» qo‘rg‘oni aholisi (jami 17000 ta xonadon) va 84 ta ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer osti gaz quvuriga 100 mm.li quvurlar bilan noqonuniy ulanib foydalanib kelganligi aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
O‘tkazilgan tadbir bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi hisoblanib, «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter