Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inspektor yolg‘iz onaning so‘rovini rasmiylashtirishga vaqt sarflamaslik uchun o‘zi yordamga bordi

Inspektor yolg‘iz onaning so‘rovini rasmiylashtirishga vaqt sarflamaslik uchun o‘zi yordamga bordi

Toshkent shahar IIBB sahifasiga Yunusobod tumanida yashovchi Viktoriya ismli fuqaro murojaat qildi. Uning turmush o‘rtog‘i vafot etgach u ikki farzandi bilan yolg‘iz boquvchisisiz qolgan. Sharoit og‘irlashgach ayol ijtimoiy yordamga muhtoj odamlar ro‘yxatida kirdi. Karantin davrida sanitariya-epidemiologiya talablari tufayli o‘rnatilgan cheklovlar sababli daromad topish imkoniyati yo‘qoldi va vaziyat yanada keskinlashdi. O‘z xabarida, ayol ish joyidagi vaziyatni tushuntirdi, uyda hech qanday oziq-ovqat mahsuloti qolmaganligini ma’lum qilib, bolalaridan tashvishda ekanligini aytdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu xabarni Profilaktika boshqarmasiga maqsadli yordamni tashkil etish uchun yo‘naltirdi, ammo bir narsa aniq edi: ushbu holatda tezroq harakat qilish kerak. Shunda Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori podpolkovnik Shaxnoza Abzalova: «Agar so‘rovnoma qilsak, ko‘p vaqt ketishi mumkin... Qarindoshlar bilan gaplashaman, oilamiz bilan birga yordam berishimiz mumkin», — deya javob berdi.

Keyinchalik xodimlarning savollariga podpolkovnik Abzalova: «Biz zarur bo‘lgan hamma narsani oldik va o‘g‘lim bilan birga bordik... Xotirjam bo‘ling», — deb, fotosuratlari bilan o‘rtoqlashdi. Keyin Viktoriyaning o‘zi quyidagi xabarni yo‘lladi: «Men sizning xizmatingizga birinchi bor murojaat qilayotganim yo‘q, iltimoslarim hech qachon e’tiborsiz qolmadi. Alloh sizni va yaqinlaringizni asrasin. Yordam uchun rahmat. Ular hamma narsani olib kelishdi, Shaxnoza kabi inspektorlar ko‘paysin. Unga va uning oilasiga rahmat!»

Birovning musibatiga befarq bo‘lmang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring