Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda maktab direktori fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan pora olgan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deya ma’lum qilmoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori D.S. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro N.H.ning ishonchiga kirib, o‘qish davrining ikkinchi mavsumi boshlanishiga qaramay, vakolatli tanishlari orqali uning o‘g‘lini Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 1500 AQSh dollari so‘ragan.

D.S. tuman markazidagi savdo majmualaridan birining oldida fuqaro N.H.dan 1500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda tuman DXX bo‘linmasi hamda viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida D.S. o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan bola o‘zining o‘quvchisi bo‘lgani aniqlangan.

Ayni paytda D.S.ning hatti-harakatlari yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring