Odam arang o‘tayotgan blok-postdan giyohvandlik moddasi olib o‘tmoqchi bo‘lishdi

2020 yilning 11 aprel kuni soat taxminan 18:45 larda Jizzax viloyat IIB va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M-39 avtomobil yo‘lining «Samarqand-Jizzax» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, «GENTRA» rusumli transport vositasi G‘allaorol tumani hududida tashkil etilgan blok postda to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.
Hujjatlar tekshirilganida avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 51 yoshli Sh.R. o‘zini shubhali tutganligi sababli xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida, Sh.R.ning egnidagi shimining bel qismida 4 dona oq rangli polietilen paketlarga o‘ralgan holda og‘irligi 37,08 gramm bo‘lgan «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda ko‘p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter