Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamalgan surxondaryolikni yaqinlari topa olishmayapti

Qamalgan surxondaryolikni yaqinlari topa olishmayapti

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Toshkentda maqsadsiz turgan surxondaryolik 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.

28-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori bilan MJtKning 195-moddasiga ko‘ra 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan S.J.ni uning yaqinlari topa olishmayapti.

Bu haqda uning akasi B. Jo‘rayev deputat Rasul Kusherbayevga murojaat yo‘llagan.

«Bugun 2-avgust. Haligacha ukamni qayerda ekanligini bilolmayapmiz.

Advokat olib "panelniyga" borsak, ular ukamni shahar IIB olib ketgan, deyishdi.

Ukamni IIB xodimi urgan deyishmoqda. Tan jarohatlari bo‘lgani uchun uni bizdan yashirmoqda, emish. Unday bo‘lmasa  nega ukamni yashirishayapti?

Iltimos ukam Sardorni topishga yordam bering», deb yozadi u.

«Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga joylashtirilgan paytdan boshlab unga advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar qilish huquqi berilishi shart.

«Holat yuzasidan IIVdan izoh kutamiz. Nega fuqaro yashirilayapti?», deya munosabat bildirgan deputat Rasul Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring