Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘l bilan berib, oyoq bilan olsinmi?

Qo‘l bilan berib, oyoq bilan olsinmi?

Foto: «Bitsonline»

«Agro firma Jayxun Omad Parranda» MChJning bir xo‘jalik yurituvchi sub’yektda katta miqdordagi haqi bor edi. Qarzdor zimmasidagi majburiyatni bajarsa, qani?! MChJ sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi da’voni qanoatlantirib, uning foydasiga 134.250.000 so‘m undirish haqida hal qiluv qarori chiqardi. Shundan keyin ham qarzdor harakatga tushmaydi deng.

Sud qarori Majburiy ijro byurosining Beruniy tuman bo‘limi oshirildi: qani, azamatlar, mahoratni ko‘rsatinglar!

MIB xodimlari qarzdorga qonunda ko‘rsatilgan imkoniyatni havola etdi: sud qarori bor — xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham qarzni to‘laysiz, yaxshisi shuni ixtiyoriy tazrda amalga oshira qoling.

Qarzdor xo‘p dedimi?

Yo‘q-da, yo‘q...

Natijada Byuro xodimlari yeng shimarib, «bir» deganda aniqladiki, qarzdorning ikki qo‘li tosh orasida emas, nima-nima «SHAANXI» SX325DR-384 rusumli yuk avtomashinasi bor ekan.

Darhol avtotransport vositasi xatlandi. So‘ng elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarib, sotildi.

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlanib, tadbirkorning manfaatlari himoyalanadi. Ya’nikim,  «Agrofirma Jayxun Omad Parranda» MChJ hisob-raqamiga 134.250.000 so‘m o‘tkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring