Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda jinoiy to‘da yetakchilari ushlandi

Samarqandda jinoiy to‘da yetakchilari ushlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 16 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi haydovchilardan ta’magirlik qilib kelgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar shaxs «Samarqand-Navoiy» va «Samarqand-Buxoro» yo‘nalishida qatnovchi haydovchilardan zo‘ravonlik va tovlamachilik yo‘li bilan, doimiy yo‘nalishda taksichilik qilish uchun 300-500 AQSh dollari hamda kunlik qatnovchi haydovchilardan 30.000-50.000 so‘mgacha pul mablag‘larini ta’magirlik yo‘li bilan undirib kelishgan.

Jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga qarshi chiqqan yoki so‘ralgan pul mablag‘larini bermagan fuqarolarga nisbatan guruhga yollangan bir guruh uyushgan sportchilar orqali jismoniy tazyiq, zo‘ravonlik va og‘ir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchilari V.F. va E.D.lar tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamachilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.F. va E.D.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring