Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘quvchining quloq pardasini yirtgan direktorga nisbatan hukm o‘qildi

Samarqandda o‘quvchining quloq pardasini yirtgan direktorga nisbatan hukm o‘qildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urishi natijasida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sobiq direktorga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, sinfxonada o‘quvchilar maktab oshxonasidan sotib olingan paqildoqni portlatgan. Shundan so‘ng direktor kelib, o‘quvchilardan birining qulog‘iga bir necha bor tarsaki tushirgan.

Sobiq direktor holatga izoh berib, bolani achchiq ustida urgani, shundan keyin Toshkentga uch marta davolatishga olib borgani va hozirda uning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Bolaning otasi esa o‘g‘lining qulog‘ida haliyam muammo borligini bildirgan.

Sud sobiq direktorni Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan 3 yilga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qildi. Shuningdek, unga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring