Sud tizimida yangi tayinlovlar: Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Qo‘qonga o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bir qator nomzodlar vakolati muddati davriga sudyalik lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda Kengash matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. Bu ularning ish joyi o‘zgarganini anglatadi.
Kengash qarori ko‘ra:
Matniyazov Sardorbek Xojinazarovich – vakolat muddati davriga Toshkent viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Jurabayev Anvarjon Anorboyevich – vakolat muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Namazov Kamol Tashtemirovich – vakolat muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Saidmuratov Baxodir Baxtiyorovich – vakolat muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Norxujayev Rustam Nurmaxmat o‘g‘li – vakolat muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Sharipov Farxod Sameyevich – vakolat muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Ergashev Jumanazar Odilovich – vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Toshev Dusmurod Baratovich – vakolat muddati davriga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter