Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 25000 AQSh dollari noqonuniy muomaladan chiqarildi

Toshkentda 25000 AQSh dollari noqonuniy muomaladan chiqarildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro A.M. va J.Q.lar oldindan til biriktirib, har bir AQSh dollarini 8470 so‘mdan hisoblab, 10000 AQSh dollarini 84,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqaro A.M.dan 15200 AQSh dollari, fuqaro J.Q.dan 5000 rossiya rubli va 200 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring