Toshkentda prokuror katta miqdordagi pora bilan ushlangan

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasining xodimi xizmat vakolatini suiste’mol qilgan holda, taxminan 47.500 AQSh dollari miqdoridagi pora bilan ushlangan, deb xabar bermoqda «UzNews.uz».
Hozirda aynan ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqea iyun oyida sodir bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu ish yuzasidan tez orada sud tergov harakatlari ham o‘tkaziladi. Bu haqda esa ko‘plab jinoyatlar haqida ma’lumot berib boradigan Bosh Prokuraturaning rasmiy sayti hozircha biror xabar bergani yo‘q, deyiladi nashr xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter