Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir o‘smir jinoyatga qo‘l urdi. Ajablanarlimi? Yo‘q! Nega?

Yana bir o‘smir jinoyatga qo‘l urdi. Ajablanarlimi? Yo‘q! Nega?

Illyustrativ surat

Yana bir o‘smir jinoyatga qo‘l o‘rdi. Ajablanarlimi? Yo‘q! Nega?

Avval voqelikka nazar solsak.

Shu yilning noyabr oyi o‘rtalarida 2003-yilda tug‘ilgan D.T. o‘g‘rilikka qo‘l urdi. U Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «Orion» supermarketi binosi ro‘parasida turgan «Nexia»dan bahosi 700 000 so‘mlik «Samsung Galaxy S2» rusumli uyali aloqa telefonini, ikki yarim millon so‘m naqd pul, 100 000 so‘mlik erkaklar brasleti, jabrlanuvchining haydovchilik guvohnomasi, ogohlik taloni... xullas, jami 3 100 000 so‘mlik mol-mulklarni qo‘lga kiritib, voqea joyidan qochgan. O‘g‘rigina bolaga avtomashinaning o‘ng old eshigi oynasi ochiq qoldirilgani qo‘l kelgan ekan. Olib borilgan tegishli harakatlar natijasiga ko‘ra, o‘g‘rilikni sodir etgan shaxs Urgut tumanidagi 26-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi.

Maktab direktori bilan bog‘langanimizda o‘quvchi o‘sha kuni darslarga qatnashmagani, ota-onasi Yoshlar ittifoqi vakili bilan Samarqand shahrida o‘tkaziladigan sport musobaqasida qatnashish uchun javob so‘rab ketganligini aytdi. Shuningdek, bu voqelikda maktab rahbariyatining  ham aybi borligi, ota-onasiga ishonib,  o‘quvchisini nazorat qila olmaganligini tan oldi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlangan.

Jinoyat ishi endi sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Yuqoridagi voqea shu va shu kabi holatlar haqida berilayotgan ko‘plab xabarlardan bittasi. Jinoyatning katta-kichigi yo‘q, biroq jinoyatchining katta-kichigi bo‘lmog‘i tabiiy. Statistika esa voyaga yetmagan orasida turli jinoyatga qo‘l urayotganlar holatlari kam emasligini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, yil boshidan buyon 40 mingga yaqin shaxs turli jinoyatlarga qo‘l urdi. Shundan 34,3 foizi voyaga yetmaganlar va yoshlar ekani ko‘ngilda og‘riq uyg‘otadi. Bu ko‘rsatkichni viloyatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, Farg‘onada 34,5 foiz, Sirdaryoda 34,1 foiz, Qashqadaryoda 32,3 foiz, Toshkent viloyatida 36,4 foiz, Surxondaryoda 34 foiz va Toshkent shahrida 39,4 foizni tashkil etmoqda.​​ Bu hol o‘z-o‘zidan voyaga yetmaganlar bilan ishlashda samara ko‘ngildagidek emasligi  oydinlashtiradi. Nega?

Bu endi alohida mavzu.

Dilfuza Esanova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring