Yana olti nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi

Olti nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, o‘zgarishlar sudyalarning vakolat muddati davriga boshqa hudud sudi sudyasi va sud raisi etib vakolat muddati davriga qayta tayinlanishiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori ko‘ra:
Kamolov Xusnidin Lutfidinovich – vakolat muddati davriga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Sabirov Erkinjon Kuchkarbayevich – vakolat muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Nematov Sherzod Shuxratovich – vakolat muddati davriga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Razikov O‘tkir Sobirovich – vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Nurmatov Shavkat Batirovich – vakolat muddati davriga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Raximov Anvar Matyakubovich – vakolat muddati davriga Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter