Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi

Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi

O‘zbekistondagi firibgarlar tobora ayyor bo‘lib bormoqda — endi ularning sxemasi ikki bosqichli: telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlar orqali yuboriladigan xabarlardan iborat. Octobank bu sxemani qanday aniqlash va undan qanday himoyalanish haqida ma’lumot beradi.

Sxema qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlardagi xabarlarni birlashtirgan firibgarlik sxemasi tarqalmoqda. Markaziy bankning so‘zlariga ko‘ra, sxema fuqarolarning raqamli savodxonligi oshishi fonida ayniqsa ommalashgan – oddiy qo‘ng‘iroqlar bilan kimnidir aldash endi qiyinroq.

1-bosqich: «operator» qo‘ng‘irog‘i

Jabrlanuvchiga o‘zini biror bir mobil aloqa operatori xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. Shartnomani uzaytirish bahonasida u yo‘naltiruvchi savollar berib, ma’lumotni tasdiqlashni so‘raydi. Asosiy maqsad — ishonchga kirish va keyinchalik ikkinchi bosqichga o‘tishga yordam beradigan asosiy shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash.

2-bosqich: «Markaziy bank»dan xabarnoma

Biroz vaqt o‘tgach, jabrlanuvchi Telegramda xabar oladi. Akkaunt rasmiy ko‘rinishi uchun Markaziy bank logotipi bor. Xabarda shunday deyiladi:

⦁ yoki kredit ochilganligi va uni zudlik bilan «yopish» kerakligi;

⦁ yoki kredit allaqachon rasmiylashtirilgan va «operatsiyani yakunlash kerak», aks holda tekshiruv boshlanadi.

Agar foydalanuvchi shubha qila boshlasa yoki ko‘rsatmalarga amal qilishdan bosh tortsa, u firibgarlikda ishtirok etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan tahdid qilinadi. Bosimni kuchaytirish uchun buzg‘unchilar:

⦁ lex.uz portalidan JKdagi moddalarga havola qiladi;

⦁ shoshilinch deydi, oqibati yomon deb qo‘rqitadi.

Sizga firibgar qo‘ng‘iroq qilayotganini qanday aniqlash mumkin!

Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa — shunchaki go‘shakni qo‘ying. Qancha uzoq vaqt aloqada bo‘lsangiz, firibgar sizni muloqotni davom ettirishga ko‘ndirishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Shundan so‘ng, sizga qo‘ng‘iroq qilingan bank yoki kompaniya bilan bog‘lanib, sodir bo‘lgan voqea haqida xabar bering.

Firibgarlarning hiylalariga aldanib qolmaslik uchun eslab qoling

1. Firibgarlar sizni chalg‘itishga urinadi — shoshiradi, qo‘rqitadi va tahdid qiladi

2. Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, go‘shakni qo‘ying

3. Begona ilovalarni o‘rnatmang

4. Shubhali havolalarga kirmang

5. Quyidagi ma’lumotlarni hech kimga aytmang:

⦁ Kartaning amal qilish muddati

⦁ SMS yoki Push-xabarlardan kelgan kod

⦁ PIN-kod

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring