Markaziy bankning Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Joriy yilning 13-mayida To‘rayev Valijon Dehqonovich Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Valijon To‘rayev 1972-yil 13-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, iqtisodchi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ichki audit departamenti direktori o‘rinbosari-Markaziy bank va uning hududiy bosh boshqarmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini audit qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter