Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda qatnashmoqda (foto)

Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda qatnashmoqda (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari «Markaziy Osiyo - Germaniya» iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda, barcha mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazishni taklif qildi.

O‘zbekiston Prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo‘nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlarimiz ham sezayotganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan ishtirokchilarning e’tibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.

«Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda», — dedi Prezident.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda davlatlarimiz yalpi mahsulotining jami o‘sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring