Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyoz yetishtirgan tomorqachilar yana ziyon ko‘radimi? Ko‘radiganga o‘xshaydi...

Piyoz yetishtirgan tomorqachilar yana ziyon ko‘radimi? Ko‘radiganga o‘xshaydi...

Tomorqa egasi – dexqon Soliq kodeksidagi «noyob» yoki analogi kam uchraydigan normaga ko‘ra, tomorqadan unumli foydalanmasa, ortirilgan — uch baravar soliq to‘laydi, yana takrorlansa tomorqasi olib qo‘yilishi ham mumkin.

Ammo, unumli foydalanib, ziyon ko‘rsachi... shu gap — «sa’y-harakatlarimiz va o‘z vaqtida olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarimiz natijasida keragidan ortiq mahsulot yetishtirilishiga erishildi hamda bozorlarimiz arzon mahsulotga to‘ldirildi».

Kechirasiz-u, arzon mahsulot nimaning evaziga? Dexqonning zarari, uni xonavayronligi evazigami? Talab va taklifning maqbul emasligi, eksportning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, zaxira tizimi mexanizmi samarasizligi, mavsum – pishiqchilik fasli, ma’lum muddat, narx pastligi keyin yana qimmatlashi va shundan keyin qo‘shni davlatlardan keltirib bozorlarimizda narx mo‘’tadil deyishimiz uchunmi?

Xullas, o‘tgan yildagi kabi, Surxondaryoda tomorqachilarning (dexqon xo‘jaligi ham) o‘z tomorqasida yetishtirgan piyozi sotishga tayyor. Lekin, 500 so‘m narx taklif etilmoqda.

Piyoz yetishtirish uchun qilingan sarf-xarajat va mehnat, taklif etilayotgan narxdan yuqori ya’ni, uning tannarxi 1 kg uchun kamida 1000 so‘mni tashkil etmoqda. Tafovut anchagina.

Ayni damda chorasiz dexqonning, bir necha oylik oilaviy mehnati, sarf-xarajati va shu hosildan daromad olish umidi, ziyon bilan yakun topishi mumkin...

Aytingchi, keyingi yilda u yana piyoz ekadimi..?

Ekadi. Nega ekadi?. Zarar ko‘rgan-ku axir. Hech qisi yo‘q ekadi. O‘tgan yili ham zarar ko‘rgandi.

Chunki, ular mard – fidoyi, fidokor, zahmatkash, tanti-sodda, ishonuvchan, samimiy, halol va tozza odamlar!

Chunki, ular shunga o‘rgangan, mehnatga o‘rgangan, «bu yil bo‘lmasa keyingi yil yaxshi bo‘ladi», bolalari, o‘zi shunga ishonadi, shunda baraka bor deydi, oilasining yashashi, yurishi turish shunga bog‘liq...

Chunki, «eksportga keng yo‘l ochamiz, kerak bo‘lsa tomorqangdan borib olib ketishadi, shunday tizim yaratganmiz, pandemiya, oziq-ovqat xavsizligi, narx past bo‘lmaydi...daromad yaxshi bo‘ladi... «yest» qilamiz...bir mahalla bir mahsulot... Nega Muzrobotda 20 sotix yer bo‘sh, Nega Oltiariqda 6 sotixdan daromad yaxshi, nima 20 sotixda piyz yetishtirish qiyinmi...»,- degan gaplarga ishonadi u.

Yaratganga shukur joriy yil ayni holatda respublikada keragidan ortiq eksportbop piyoz yetishtirilgan. O‘tgan yilga nisbatan ancha ko‘p.

Biroq, katta ehtimol bilan qisqa muddat uchun bo‘lsa ham, Surxondaryo dexqonlari piyoz tannarxida har kilogramidan 500 so‘m yoki unda ko‘proq ham ziyon ko‘rishlari mumkin...

Qisqasi jahon amaliyotini tahlili oldimizda ikkita yo‘l borligini ko‘rsatadi:

Birinchisi, Hukumat, tegishli vazirlik va idoralar, bu mahsulotni ichki bozorni — zaxirani, inobatga olgan holda eksport qilishning tezkor choralarini ko‘rishi kerak;

Yoki, bizda odatga kirmagan, lekin jahon tajribasida bor va tizimli qo‘llanadigan dehqon (tomorqachi, fermer) ko‘rgan, ko‘rishi mumkin bo‘lgan ziyon (zararni) qoplash.

Ikkinchisiga qiyin-ku, lekin, dexqonlarga ssuda berish, foizsiz kredit, soliqdan ma’lum muddat ozod qilish va boshqa majburiy to‘lovlarni undirmaslik mumkin...

Nuriddin Murodov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring