Prezident bugun selektor o‘tkazadi

Bugun, 10-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari zimmasiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi. Shuningdek, davlat rahbari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor qaratishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021-yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon imzolangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter