Qoraqalpog‘istonda bir necha sanoat zonalari tashkil etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qarorga asosan, Amudaryo, Xo‘jayli, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va bo‘sh turgan ob’yektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik sub’yektlariga davlat ko‘chmas mulki ob’yektlari loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Shuningdek, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining «nol» stavkasi belgilanadi.
Kichik sanoat zonalarida 2020-yilning 1-fevraliga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyhalarini moliyalashtirish uchun 75 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter