Turkiston mamlakatlari gazini Xitoyning 500 million aholisi ishlatmoqda

«REGNUM» yozishicha, «Turkmaniston — O‘zbekiston — Qozog‘iston — Xitoy» gaz quvuri ishga tushirilganiga 10 yil to‘ldi va shu davrda XXRga qariyb 300 mlrd. kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan.
Mana shuncha gazning 80 foizini Turkmanistondagi gaz konlari ta’minlagan.
Xabarga ko‘ra, Turkiston mamlakatlaridan yetkazilayotgan tabiiy gaz Xitoyning 22 ta provinsiyasi va muxtor tumanlarida yashovchi 500 milliondan ortiq aholi ehtiyojlariga ishlatilmoqda.

Turkmaniston yaqin yillar ichida Xitoyga gaz eksportini yiliga 65 mlrd. kubometrga yetkazmoqchi. Bunga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tuvchi D gaz quvuri bitganidan so‘ng erishiladi va turkmanlarning XXRga yetkazayotgan gazi yiliga yana 30 mlrd. kub metrga oshadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter