Fransiyada «O‘zbekiston kuni» o‘tkaziladi

Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro epizootik byuro) assambleyasining 86-Bosh sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi byuro bosh direktori M.Elua bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Davlat veterinariya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston xukumati va Xalqaro epizootik byuro o‘rtasidagi xamkorlikni kelgusida yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, 2019-yilda 181 davlat vakillari ishtirokidagi assambleyaning Bosh sessiyasi davomida bir kunni «O‘zbekiston kuni» etib belgilash va uni nishonlashga kelishildi. Shu kunda O‘zbekiston, unda yetishib chiqqan buyuk mutafakkir va allomalar, mamlakatning turistik salohiyati haqida ma’lumotlar beriladi va o‘zbekona milliy taomlar tortilib, milliy urf odatlar va an’analarni namoyish qilinadi.
Shuningdek, yangidan tashkil etilgan Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tvining loyihalarni amalga oshirish, veterinariya mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu loyiha orqali horijning ilg‘or universitet va institutlari professor o‘qituvchilarini yangi tashkil etilgan institutga jalb etish, talabalarni tor doiralarda o‘qitish, masofadan o‘qitish kabi ishlarni amalga oshirish orqali veterinariya mutaxassislarini xalqaro talablarga muvofiq tayyorlashga zamin yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter