Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 million so‘mlik oylik uchun 3000 dan ortiq ariza kelib tushdi

8 million so‘mlik oylik uchun 3000 dan ortiq ariza kelib tushdi

Foto: «Portal Dag JKX»

Ish jarayonida shaffolikni ta’minlash, har jabhada o‘z kasbining fidoyilari, jonkuyarlari foliyat yuritishi yo‘lida chiroyli qadamlar tashlanyapti. Yaqindagina Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» telegram kanalida e’lon qilingan vakansiyalar, sir emas, ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Mazkur kanalda fuqarolarga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llandi:

«Adliya vazirligi tizimidagi vakant o‘rinlar haqidagi e’lon berilgan vaqtdan boshlab ishga qabul qilish to‘g‘risida 3000 dan ortiq (!) ariza kelib tushdi. Ularning orasida, juda bilimli va yuksak maqsadlarni ko‘zlovchi yoshlar, katta hayotiy tajriba va bilimga ega mutaxassislar hamda shunchaki yaxshi odamlar bor.

Biz shuncha odamlarning o‘z karerasi va hayotini adliya organlari bilan bog‘lamoqchi ekanligi, bizning jamoamizga qo‘shilmoqchi ekanligidan xursandmiz.

Bu narsa adliya organlarining ish beruvchi sifatidagi jozibadorligi va obro‘si oshib borayotganligidan dalolat beradi.

Shaxsiy ma’lumotlar (ta’lim, ish faoliyati va h.k.) sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng maxsus komissiya ularning kasbiy bilimlarini bilish maqsadida suhbatdan o‘tkazadi.

Agar kimdir komissiya xulosasidan norozi bo‘lsa, adliya organlarining «Ishonch telefoni» yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilishi mumkin.

Hurmatli do‘stlar, 1 mayga qadar ko‘p vaqt qolmadi, o‘z hujjatlaringizni taqdim eting, tanlovdan o‘ting va 8 ming kishidan iborat Adliya vazirligi katta jamoasining bir qismiga aylaning».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring