Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda O‘zbekistonning yuqori natijasi qayd etildi

AQShda O‘zbekistonning yuqori natijasi qayd etildi

Foto: «Xabar.uz»

Bolalar mehnatining eng yomon shakllari bo‘yicha AQSh Mehnat vazirligi tomonidan joriy yilning 26 sentyabr kuni e’lon qilingan hisobotda O‘zbekistonning yuqori natijasi e’tirof etildi.

Jahonning 130 dan ortiq davlati o‘rin olgan mazkur hisobotda mamlakatimiz ketma-ket ikkinchi yildirki bolalar mehnatini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha sezilarli taraqqiyotga erishayotgan davlatlar toifasidan o‘rin oldi.

O‘tgan yilgi hisobotda ushbu toifada O‘zbekiston bilan birgalikda 9 ta davlat o‘rin olgan bo‘lsa, joriy yilgi hisobotda faqatgina 4 ta mamlakat — O‘zbekiston Argentina, Kolumbiya va Kot-d’Ivuar e’tirof etilgan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston bundan 12 yil avval bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha hech qanday sa’y-harakatni amalga oshirmayotgan davlat sifatida so‘nggi 4-toifaga kiritilgan bo‘lgan.

Hisobotda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev boshchiligida qat’iy siyosiy iroda, muammo yechimiga tizimli va izchil yondashuv asosida mehnat munosabatlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar samaradorligi yuqori baholangan.

Shuningdek, AQSh mehnat vaziligining Bolalar mehnati, majburiy mehnat va odam savdosi ofisi (ILAB) vakili Sara Solomon tomonidan Hisobot taqdimotida O‘zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida ta’sirchan taraqqiyotga erisha olgan namunali davlatga aylanib borayotganligi ta’kidlandi, deyiladi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring