«Bank Apelsin»ga litsenziya berildi

Markaziy bank tomonidan «Bank Apelsin» aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida «BANK APELSIN» aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, bank to‘liq Kapitalbank muassisligida tashkil qilindi. Bank Boshqaruv raisi shu vaqtga qadar Kapitalbank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari — Apelsin raqamli filiali boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Sergey Gimaliyev Abdulxayevich bo‘ladi.
Bu O‘zbekistondagi bir bank tomonidan to‘liq muassislikda tashkil qilinayotgan birinchi bank hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter