Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank mansabdorlarining 30 ta jinoyati fosh etildi – Departament

Bank mansabdorlarining 30 ta jinoyati fosh etildi – Departament

Foto: Xabar.uz

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq 470 ta huquqbuzarlik holati fosh etilib, ularga yetkazilgan 86,1 mlrd so‘m miqdorda zararlarning undirishi ta’minlandi, deyiladi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.

Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 455 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarning sohalar bo‘yicha tahliliga ko‘ra:

Bank mansabdor shaxslarining 30 ta jinoyati fosh etilgan.

Bundan tashqari, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida banklarga murojaat qilgan 669 nafar fuqaroning arizasidan foydalanib, ularning xabardorligisiz bank mansabdor shaxslari tomonidan jami 29,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlarni noqonuniy ajratilib, talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Misol uchun, AT «Xalq bank» G‘azalkent filiali yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi 2,7 mlrd so‘m kredit talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Yer mulk kadastr agentligi tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan 12 ta korrupsiyaviy jinoyati fosh etilgan.

Masalan, Xo‘jaobod tuman «Yer mulk kadastri davlat korxonasi» mutaxassisi J.I. 7 800 AQSh dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shu bilan birga, Bandlik tizimi hamda gaz ta’minoti korxonalari – 6 tadan, soliq, qurilish, ekologiya, bozorlar – 4 tadan, sanitariya-epidemiologik markazlar – 5 tadan, davlat aktivlarini boshqarish agentligi, davlat xizmatlari markazi, ichki ishlar organlari – 2 tadan, statistika, suv ta’minoti – 1 tadan hamda boshqa idoralarda – 245  ta jinoyat sodir etilganligi aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring