Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bilasizmi? 30 fevral dunyo tarixida bo‘lgan

Bilasizmi? 30 fevral dunyo tarixida bo‘lgan

Foto:«Sitekid.ru»

Grigorian taqvimiga ko‘ra, fevral oyida 28 kun bor (kabisa yilida istisno tarzda 29 kun). Shunga qaramay, bu butun tarixda 30 fevral bo‘lmagan degani emas.

Shvetsiyada 1712-yilda 29-fevral kuni mamlakat tavqimini isloh qilishda dunyo tarixiga 30-fevral sanasi kiritildi.

1699-yilda Shvetsiya qirolligida (u vaqt mamlakat Finlyandiyani ham o‘z ichiga olgan) Yulian taqvimidan grigorianga o‘tishga qaror qilishdi. Biroq shvedlar taqvimni o‘sha paytda yig‘ilib qolgan 11 kun oldinga surib o‘tirishmadi, balki o‘tishni bosqichma-bosqich, kabisa yillarini qo‘shmagan holda, 40 yil davomida amalga oshirishga qaror qilishdi. Ya’ni mana shu o‘tgan yillar davomida 28-fevraldan keyin 1 mart kelishi va har 4 yilda ular grigorian taqvimi tomon bir yilga yaqinlashishlari kerak edi. 1700-yil Shvetsiyada kabisa yili emas edi. Biroq, qabul qilingan rejaga qaramay, 1704 va 1708-yillar kabisa yiliga to‘g‘ri keldi. Shu boisdan ham shved taqvimi 11 yil davomida yulian taqvimidan bir kun ilgarida, ammo grigorian taqvimidan 10 kun ortda bordi. 1711-yili qirol Karl XII taqvim islohotidan voz kechib, yana yulian taqvimiga qaytishga farmon berdi.

Buning uchun 1712-yili fevralga ikki kun qo‘shildi va shu tariqa 1712-yili Shveysiyada 30-fevral ham bo‘ldi.

Foto: Wikipedia

Shvetsiya grigorian taqvimiga uzil-kesil 1753-yili, xuddi boshqa mamlakatlarga xos usulda o‘tdi — 17-fevraldan keyingi kun 1-mart deya e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring