Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari 1 iyundan ish boshlaydi

Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari 1 iyundan ish boshlaydi

Xalqaro press-klub sessiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-maydagi «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati muhokama qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda so‘z olgan Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri Akmalxon Ortiqovning aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi, deb yozmoqda O‘zA.

Bu qabulxonalar joriy yil 1-iyundan ish boshlashi kutilmoqda. 15-iyundan esa elektron baza ishga tushiriladi. Har bir masala 2 kunda, agar mazmun jihatdan ko‘rib chiqilishi talab etilsa 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Bosh vazir chet ellik investorlarni shaxsan qabul qiladi.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring