Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat: «davlat va xususiy sheriklik mexanizmida korrupsiya va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik muhim»

Deputat: «davlat va xususiy sheriklik mexanizmida korrupsiya va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik muhim»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

3-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat To‘xtaboyev «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati haqida shunday dedi:

«Davlat sheriklari kim? Ular – vazirliklar va hokimliklar. Xususiy sherik sifatida esa istalgan tadbirkorlik sub’yekti nomzod bo‘lishi mumkin, loyihalarni tenderda qatnashib, yutib olishi mumkin.

Masalan, loyiha OAVda e’lon qilinadi. Tanlovda uni amalga oshirishga qiziqish bildirgan barcha tadbirkorlar qatnasha oladi.

Davlat va xususiy sheriklik mexanizmida ikkita muhim tamoyil bor: bunda korrupsiyaga va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Loyihani amalga oshirishda miqdor bo‘yicha 3 ta tasniflash mavjud:

- 1 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan loyihalar, bunda loyihani amalga oshirish bilan bevosita davlat sherigi shug‘ullanadi;

- 1 mln dan 10 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan loyihalar, bunda loyihani amalga oshirishda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi asosiy ishtirokchi sifatida qatnashadi;

- 10 mln AQSh dollaridan yuqori qiymatga ega bo‘lgan loyihalar, bunda loyihani realizatsiya qilish haqida yakuniy qarorni Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.

Davlat va xususiy sheriklik quydagi mezonlarga javob berishi kerak: uzoq muddatli bo‘lishi, loyihalashtirish, tashkil etish, rekonstruksiya qilish, rivojlantirish, boshqarish yoki ijtimoiy infratuzilmani qo‘llab-quvvatlashga oid bo‘lishi, xususiy sektor ishtirok etishini o‘z ichiga olishi, xatarlar va majburiyatni davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring