Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona IIBning avvalgi rahbari Rahmat Mamatov «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter