Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga matbuot kotibi tayinlandi

Bunyod Abdullayev Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Bunyod Abdullayev 1983-yil 14-iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2005-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2010-yilda «Edgware» akademiyasini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Mehnat faoliyatini «Hurriyat» gazetasida boshlagan. 2007-yilda «Jamiyat» gazetasi muxbiri, 2011-2017- yillarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida sharhlovchi, yetakchi muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir bo‘lib ishlagan. 2017-2019-yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi yetakchi ilmiy xodim, 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi kabi lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter